Raqamli boshqaruv tizimingizni yarating
Katta kompaniyalar avvalo tizim quradi keyin esa uni boshqaradi, agar qilayotgan ishingizni jarayon sifatida tushuntirib bera olmasangiz, demak nima qilayotganingizni to‘liq anglamaysiz. Maqsadingiz katta kompaniya qurish bo'lsa birinchi navbatda tizim quring.
Siz maqsadlaringiz darajasiga ko‘tarilmaysiz, tizimlaringiz darajasiga tushasiz.
Tizimlashmagan biznesga ERP joriy qilish — shunchaki tartibsizlikni raqamlashtirishdir. Ammo to‘g‘ri ERP yondashuvi biznesni tizimga aylantiradi.
Tizimlashmagan biznesga ERP joriy qilish — muammolarni hal qilish emas, ularni tezlashtirishdir.
ERP hatto tizimlashgan kompaniyalar uchun ham jiddiy transformatsiya jarayoni hisoblanadi. Joriy etish davrida kompaniyaning asosiy e’tibori operatsion faoliyatdan tizimni ishga tushirishga ko‘chadi. Natijada savdo, moliya, ombor va kundalik boshqaruv jarayonlari vaqtincha ikkinchi planga o‘tishi mumkin.
Eng muhim jihat shundaki, ERP joriy etish qisqa muddatli loyiha emas. Bu jarayon kompaniya hajmi va murakkabligiga qarab 3 oydan 3 yilgacha davom etishi mumkin. Shu davrda noto‘g‘ri tanlangan ERP tizimi nafaqat vaqt va pul yo‘qotishiga, balki biznesning o‘sish sur’atiga ham salbiy ta’sir qiladi.
Shuning uchun ERP tanlashda “hozircha shu bo‘laveradi” degan yondashuv xavfli. ERP — bu bir martalik dastur emas, balki kompaniyaning keyingi 10 yillik boshqaruv infratuzilmasidir.
To‘g‘ri tanlangan ERP biznesni tartibga soladi, jarayonlarni shaffof qiladi va kompaniyani kengayishga tayyorlaydi. Noto‘g‘ri tanlangan ERP esa mavjud muammolarni yanada chuqurlashtiradi.
Vazifani qiyinlashtirmang eng osonidan boshlab doimiy yaxshilab boring!
Biznesni tizimlashtirishni murakkab loyihadan boshlash shart emas. Aksincha, vazifa qanchalik katta va qiyin ko‘rinsa, uni ortga surish ehtimoli shunchalik oshadi. Shuning uchun tizimlashtirish eng oddiy, tushunarli va tez natija beradigan jarayonlardan boshlanishi kerak.
Kompaniyada to‘liq tizim yaratish — katta vaqt, mablag‘ va boshqaruv intizomini talab qiladigan jarayon. Uni birdaniga joriy qilish ko‘pincha xodimlarda qarshilik, rahbarda esa charchoq va kechiktirish odatini yuzaga keltiradi. To‘g‘ri yondashuv — tizimni bosqichma-bosqich qurish va har bir bosqichni muntazam rivojlantirib borishdir.
Biznes egasi sifatida siz tizimdagi har bir operatsiyani o‘zingiz bajarishingiz shart emas. Sizning vazifangiz — jarayonni tashkil qilish, mas’ullarni belgilash va natijani nazorat qilish. Operatsion vazifalarni xodimlarga taqsimlash kerak, chunki biznes egasida vazifani ortga surish yoki undan voz kechish imkoniyati doim bo‘ladi. Xodimlarda esa aniq mas’uliyat va nazorat bo‘lsa, vazifa bajariladi.
Tizimlashtirishni eng sodda modeldan boshlang: kompaniyangizni to‘rt asosiy bo‘limga ajrating — Xarid, Ombor, Sotuv va Moliya. Har bir bo‘lim uchun javobgar rol belgilang, ularning vazifalarini aniqlang va ishlashi uchun kerakli instrumentlarni bering.
Kuchli biznes birdaniga qurilmaydi. U oddiy jarayonlarni tartibga solish, mas’uliyatni to‘g‘ri taqsimlash va natijani muntazam nazorat qilish orqali bosqichma-bosqich tizimga aylanadi.
✽ Biz nimalarni taklif etamiz
Xizmatlarimiz
Sodda tizimlashtirish
Asosiy biznes jarayonlaringizni tartibga solamiz, rollar va nazorat mexanizmlarini aniq belgilaymiz.
Moliya va buxgalteriya maslahati
Moliyaviy oqimlar, hisob va hisobot tizimini shaffof boshqaruv darajasiga olib chiqamiz.
Odoo / ERP Implementation
ERP’ni biznesingizga moslab joriy qilamiz: tahlil, sozlash, test, training va support.
Automation & Integration
Qo‘lda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirib, tizimlaringizni yagona boshqaruv muhitiga bog‘laymiz.
Qanday ishlaymiz:
Bizni jamoa sizga tartibli va davomiy o'sishni taklif qiladi.
100Levelix jamoasi biznesingiz uchun sodda, tushunarli va samarali boshqaruv tizimini qurish, moliya va buxgalteriya jarayonlari bo‘yicha maslahat berish hamda ERP dasturlarini to‘g‘ri joriy etishda ishonchli hamkor bo‘lishni taklif qiladi.
Biz har bir loyihaga WIN-WIN tamoyili asosida yondashamiz. Chunki mijozimizning natijasi — bizning natijamiz. Sizning biznesingiz tizimlashib, samaradorligi oshsa, bu bizning ham muvaffaqiyatimizga aylanadi. Shu sababli biz natija bermaydigan, mijozga real qiymat yaratmaydigan loyihalardan imkon qadar uzoq turamiz.
Bizning maqsadimiz shunchaki dastur o‘rnatish emas. Biz biznesingizdagi jarayonlarni tushunamiz, ularni tartibga solamiz va kompaniyangizga uzoq muddat xizmat qiladigan boshqaruv tizimini yaratishga yordam beramiz.
Jamoamiz ko‘p yillik amaliy tajribaga ega mutaxassislardan iborat. Biz o‘z bilim va tajribamizni biznesingiz rivoji uchun ishlatishga tayyormiz.
Jamoamiz bilan tanishing
Xizmatingizga tayyor fidoyi mutaxassislar
Jasur Nazarov
CEO
Biznes boshqaruvi, moliya va strategik rivojlanish yo‘nalishlarida 10 yildan ortiq amaliy tajribaga ega mutaxassis. Biznesni raqamlar asosida boshqarish, samarali nazorat tizimlarini shakllantirish hamda kompaniya resurslaridan maksimal darajada samarali foydalanish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha katta tajribaga ega.
Saidjalol Olimov
CAO
Buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy hisobot yo‘nalishlarida 10 yildan ortiq amaliy tajribaga ega mutaxassis. Bir nechta kompaniyalar asoschisi sifatidagi tajribasi tufayli nafaqat moliyaviy boshqaruv, balki biznesni boshqarish, mas’uliyatlarni taqsimlash va kompaniya jarayonlarini tizimlashtirish bo‘yicha ham chuqur amaliy bilimga ega.
Davron Turgunov
CTO
Moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida 15 yildan ortiq amaliy tajribaga ega mutaxassis. Faoliyati davomida yirik kompaniyalarda moliyaviy boshqaruv, budjetlashtirish, boshqaruv hisobotlari, pul oqimlarini nazorat qilish va strategik rejalashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, CFO darajasigacha bo‘lgan professional rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan.
Raqamli o‘zgarish sayohatiga chiqishga tayyormisiz?
Keling, g‘oyangizni haqiqatga aylantiraylik. Brendingizni biz bilan raqamli mukammallikka yo‘naltirish uchun bugunoq biz bilan bog‘laning.